Buxoroda avtomashina gaz balloni yorilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda Zo’r TV telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi.

11 oktabr kuni soat 16:55 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi A380 avtomobil yo‘lining “Buxoro — G‘uzor — Denov” yo‘nalishining 207 km da harakatlanayotgan “Gaz-24” furgon rusumli avtomobilda o‘rnatilgan 2 ta 50 litr hajmli siqilgan gaz ballonlarining bittasi yorilgan.

Natijada avtomashina haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘lgan.

Gaz balloni yorilishiga uning nosozligi sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.

“Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagani aytilmoqda, biroq voqea joyiga yong‘in qutqaruv bo‘linmalari yetib kelgan”, — deyiladi xabarda.

Hozirda voqea yuzasidan viloyat IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.