Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 15 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 10,60 so‘mga ko‘tarildi va 10 710,63 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 70,09 so‘mga ko‘tarildi va 12 436,11 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,52 so‘mga ko‘tarildi va 149,57 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 700,03 so‘mni tashkil qilgandi.