Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbirda 8 oktabr kuni tug‘ilgan chaqalog‘ini sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro B.S. o‘zining farzandini 5000 dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan.

Fuqaro B.S. ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyati «Bolalar uyi»ga topshirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.