«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov 14 oktabr kuni Andijon viloyatida saylovchilar bilan uchrashuv davomida migrantlardan ham soliq undirish taklifini ilgari surdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, «mamlakatning taraqqiyoti uchun soliqlarning o‘rni juda muhim».

Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Twitter va Telegram`da turli fikr-mulohazalar bildirildi. «Gazeta.uz» ularning ayrimlarini to‘pladi.

Foydalanuvchilardan biri Alisher Qodirov va taxta suratini qo‘yib, undan «5 ta farq topish kerakligini» aytdi:


Yana bir foydalanuvchi esa «migrant sifatida Qodirovga ovoz bermasligini» bildirdi:


Alisher Qodiroqning taklifni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham bor:


Boshqa bir foydalanuvchi «Qodirov shunday gapirtirilganga o‘xshamaydimi?» deya savol qo‘ymoqda:


Shu kabi fikrni boshqa bir foydalanuvchi ham bildirdi:


«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzodni «qo‘g‘irchoq» deb atashdi:


2022 yilda farzandli bo‘lsa, ismini nima qo‘yishni reja qilganlar ham bor ekan:


Izohsiz:


Eslatib o‘tamiz, «Milliy tiklanish» partiyasi tashviqot ishlariga start berib, banner va viderolikni e’lon qilgandi. Alisher Qodirovning familiyasi to‘liq ko‘rinmaganligi sababli, bannerda jumlani quyidagicha o‘qish mumkin: «Alisher Qodir».

Shuningdek, mazkur holatga Telegram`dagi ayrim kanallar ham e’tibor qaratyapti.

Troll.uz`ning yozishicha, «bu soliqni „O‘zbekiston seni ish bilan ta’minlay olmagani va chet elda qul bo‘lib ishlashingga majbur qilgani uchun belgilangan soliq“ deb nomlash kerak».

«Ahmoqchilik ham evi bilan-da…», — deya qo‘shimcha qiladi u.

Iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram-kanalida «saylanadigan va saylanmaydigan nomzodlar haqida» post yozdi.

Uning fikricha, «saylov kampaniyasi tugashiga 10 kun qolganida nomzodlarning berayotgan va’dalariga qarab ikki toifaga ajratish mumkin».

«Birinchi nomzodning va’dalari o‘ta xarajatli, pullik va budjetni o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Berilgan va’dalarning qiymati, agar qo‘shilsa, yaqin 5 yillik YAIM hajmiga yetib qoldi. Lekin xarajatli va’dalarni kun tartibida ovoza qilayotgan nomzod pulni qayerdan olish, ya’ni soliqlarni oshirish yoki yangi soliqlarni joriy qilish haqida hozircha biron bayonot berayotgani yo‘q. Chunki buni keyin, mandat olingach amalga oshirish mumkin», — deb yozadi iqtisodchi.

Qo‘shimcha qilinishicha, «ikkinchi toifa — bu qolganlar. Pullik va’da berolmaydigan nomzodlar».

«Ixtiyorida bir-birining kam sonli yetmish yettinchi darajali takliflarini takrorlash va bir-birini plagiatda ayblashdan o‘zga chora qolmagach, endi ular soliqlar joriy qilish takliflarini o‘rtaga tashlay boshlashdi. Va bu bilan o‘z xohishlari bilan yutqazmoqchi ekanliklarini ta’kidlayotgandek», — deya qo‘shimcha qilinadi «bakiroo» kanalidagi postda.

«O‘zingiz ayting, qaysi siyosatchi, agar u rostanam siyosatchi bo‘lsa va sadomazoxist bo‘lmasa, saylovchilarning negiz guruhi va boquvchisi bo‘lgan migrantlarning o‘tkazmalarini soliqqa tortish taklifini o‘rtaga chiqaradi?», — deb so‘ramoqda iqtisodchi.

Jurnalist Sayyid-Abdulaziz Yusupovning yozishicha, migrantlar yuborayotgan pullar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga xizmat qilyapti.

«Xalqning qaddini ko‘tarishga yordam beryapti! Mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirmayapti deganingiz nimasi?! Ha, agarki Siz vatanim deb bilganingiz boshqa bir davlatning g‘amini yeyayotgan bo‘lsangiz, unda haqsiz! Mening Vatandoshlarim topgan peshona teri haqqi boshqa davlatning iqtisodiyotiga xizmat qilmaydi, hech qachon!», — deb yozadi u.

Qo‘shimcha qilinishicha, «mamlakat dunyoga Yangi O‘zbekiston sifatida, demokratik yangi O‘zbekiston sifatida tanilishi kerak».

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda migrantlarning mazkur taklifga munosabati ko‘rsatilgan videolavhalar ham tarqaldi.

Ulardan birining Alisher Qodirovga «yomg‘ir yog‘ib turganda olmani terib, keyin soliqni so‘rashini» aytdi.

«Rossiyada ishlar oson emas. Yer loy. Olmalarni terib, keyin solig‘ini so‘ragin», — deya qo‘shimcha qiladi u.


Yana bir migrant «balki oylikni ham jo‘natib turarmiz», deya so‘radi.

«Soliq, soliq, hamma narsa soliq bo‘lib ketyaptiku o‘zi», — deydi u.