Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 14 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 16,02 so‘mga ko‘tarildi va 10 700,03 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 17,44 so‘mga ko‘tarildi va 12 366,02 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,46 so‘mga ko‘tarildi va 149,05 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,01 so‘mga ko‘tarilib, 10 684,01 so‘mni tashkil qilgandi.