Mansurbek Baxtiyarovich Kilichev O‘zbekistonning Misrdagi yangi favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati 8 oktabrda bu haqdagi qarorni qabul qildi.

Mansurbek Qilichev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan.

2012−2013 yillarda O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasi birinchi kotibi, 2013−2019 yillarda O‘zbekistonning Dubay shahridagi (BAA) bosh konsuli bo‘lgan.

2019−2020 O‘zbekiston Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot tahliliy markazi direktori o‘rinbosari — yig‘ma tahliliy bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2020 yildan elchi lavozimiga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari.

O‘zbekistonning Misrdagi avvalgi elchisi Oybek Usmonov (2013 yildan beri) edi.