Onlayn kimoshdi savdosiga chiqarilgan radar va kameralar o‘rnatish maydonchalari soni o‘sdi, deya xabar qildi Spot nashri E-auksion ma’lumotlariga tayangan holda.

Hozirda 270 ta yangi lot mavjud. Toshkentda 13 ta manzil auksionga qo‘yildi. Eng ko‘p uchastka Toshkent (72) va Buxoro viloyatlarida (43), eng kami esa Xorazmda (1) sotuvga chiqarilgan.

Har bir lot uchun oxirgi ikki yil ichidagi transport oqimi va aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Shu yo‘l bilan ushbu uchastkadagi qonunbuzarlardan taxminiy daromadni hisoblash mumkin bo‘ladi.

Bu kabi lotlarga bo‘lgan talab yuqori. Savdolar vaqtida narxlar bir necha o‘n barobarga o‘sishi mumkin. Masalan, iyul oyida Xorazmda bir uchastka 40 mln so‘m yoki boshlang‘ich narxidan 27 baravar qimmatroqqa sotildi.

Avgust oyi oxirida Toshkent markazidagi radar o‘rnatish joyi elektron auksionda boshlang‘ich bahosidan 95 barobar qimmatga — qariyb 3,5 mlrd so‘mga sotilgani haqida xabar qilgan edi.

sentabr o‘rtasida mart oyidan buyon budjetga yo‘l kameralari va radarlari o‘rnatish uchastkalarini sotishdan qariyb 87 mlrd so‘m kelib tushgani xabar qilindi.