Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
Knyaz Romanovning saroyi
Yaqin yillarda Toshkent markazidagi knyaz Romanovning saroyi va unga tutash bog‘ poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ochiq bo‘ladi. U ko‘p yillardan buyon odamlar tashrifi uchun yopiq edi. Saroy interyeri va fasadining ko‘rinishi – “Gazeta.uz” fotoreportajida.
Toshkentdagi knyaz Romanov saroyining restavratsiya va qisman rekonstruksiya qilinishi binoning dastlabki arxitektorlik ko‘rinishini tiklashi kerak. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi restavratsiya loyihasiga Germaniyaning Atelier Brückner GmbH studiyasi mutaxassislarini jalb qildi. Kompaniya murakkab ko‘rgazma loyihalari va doimiy muzey ekspozitsiyalari uchun arxitekorlik makon dizaynini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Restavratsiya konsepiyasni tayyorlashdan oldin Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi saroyni texnik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutiga murojaat qildi. Institut mutaxassislari bino konstruksiyasini va fundamentni o‘rganib chiqishdi hamda yoriqlar va boshqa shikastlanishlarning kelib chiqish sababini aniqlashdi.
реклама
реклама
Hozir Atelier Brückner GmbH studiyasi ekspertlari bu yerda muzey ochish uchun arxitektorlik va ekspozitsion loyihalar ustida ishlamoqda. To‘liq ishchi hujjatlarni tayyorlashga bir yil vaqt talab qilinadi. Unga saroyning konstruktiv va arxitektorlik jihatlari, muhandislik tarmoqlari havo almashtirish, isitish va yong‘inni o‘chirish tizimlari bilan ishlash bo‘yicha rejalar kiradi. Shuningdek, ekspertlar muzey ekspozitsiyasi bo‘yicha rejalarni ham ishlab chiqishadi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasining “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, muzeyni ochishga tayyorlash doirasida konstruksiyalarni mustahmkalash, qisman restavratsiya, muzey ekspozitsiyalari uchun eksponatlarni saralash va restavratsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, xonalarning rejasini ishlab chiqish talab etiladi. Masalan, qanot elementlari saqlanib qolgan, biroq ichki pardevorlar esa gipsokartondan qilingan. Ular osonlik bilan olib tashlanishi mumkin. Makon rejasi xonalarning funksiyalariga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, binoning qanotida chiptaxona va kafe bo‘lishi kutilmoqda.
Jamg‘armaning taʼkidlashicha, 1980 yilda saroy bo‘yicha chuqur tadqiqot o‘tkazilgan va undan keyin restavratsiya ishlari olib borilgan. Tadqiqot jarayonida mutaxassislar shtukaturka tarkibi va devorlarning boshlang‘ich rangini aniqlashdi, devorlardagi va shiplardagi yozuvlarni o‘rganishdi. Binoning restavratsiyasi Ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi huzuridagi ilmiy ustaxonalar xodimlari tomonidan o‘rganilgan maʼlumotlar asosida o‘tkazilgan, shuning uchun interyerlar va fasadning amaldagi holati boshlang‘ich ko‘rinishiga maksimal darajada yaqin.
реклама
реклама
Oldingi taʼmirlash ishlari binoning konstruksiyasini chetlab o‘tgan. Faqat yuzalarni randalash, ranglash va oqlash, shuningdek istish tizimini o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan. Pol qisman almashtirilgan, biroq xonalarning aksariyatida original materiallar saqlanib qolgan.
Amaldagi rekonstruksiya jarayonida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi xonalar va arxitekturaning ko‘rinishini buzayotgan konditsionerlar va boshqa tizimlarni olib tashlashni ko‘zlamoqda. Shu maqsadda Toshkentdagi Forumlar saroyi va “Milliy” stadioni ustida ishlagan Werner Sobek kompaniyasi jalb qilingan. Kompaniyaning mutaxassislari binoning tarixiy tuzilmasini buzmagan holda havo almashtirish, isitish, namlikni nazorat qilish va yong‘inni o‘chirish tizimlarini joriy qilishadi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasining taʼkidlashicha, loyihaning asosiy maqsadi – bizgacha yetib kelgan bino va interyerlarni saqlab qolish hamda shahar aholisi uchun ochiq avtoturargohi bo‘ladigan Sanʼat muzeyi filialini ochishdir. Shuning uchun, knyaz Nikolay Konstantinovich Romanov hayotligida binoning ichida joylashgan issiqxona va qishki bog‘ni tiklash rejalashtirilmagan. Aks holda bu uy-muzey bo‘lib qolardi.
Fotosuratlar muallifi: Yevgeniy Sorochin
Materiallarga bo‘lgan barcha huquqlar “Gazeta.uz” nashriga tegishli. www.gazeta.uz saytiga joylashtirilgan va “Gazeta.uz”ga tegishli foto-, grafik va boshqa materiallardan uchinchi shaxslar tomonidan har qanday ko‘rinishda foydalanish taqiqlanadi.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi, u haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting