Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda respublika respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlov Xalq ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirilgan.

“Hammamizning maqsadimiz bitta — O‘zbekiston kelajagini yanada gullatib yashnatish va uning uchun farzandlarimizni tarbiyalash. Farzandlar tarbiyasida qo‘limdan kelgancha sizlar bilan birgalikda xizmat qilaman”, — deydi Valijon Shamshiyev.