Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 oktabr kuni O‘zbekistonning BMT Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Yuklarni dengiz orqali tashish protseduralarini soddalashtirishga qaratilgan «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi bitim 2013 yil 1 may kuni Bangkokda imzolangan.

Xalqaro ahamiyatga ega «quruqlik porti» deganda bir yoki undan ortiq transport turlari bilan bog‘langan; qayta ishlash, vaqtincha saqlash va xalqaro savdo jarayonida tashilayotgan yuklarni qonuniy talablarga ko‘ra ko‘rikdan o‘tkazishga hamda tegishli bojxona nazorati funksiyalari va rasmiylashtirishni amalga oshirishga mo‘ljallangan logistik markazga ega mamlakat hududidagi joy tushuniladi.

«Quruqlik portlariga» egalik huquqi davlat, xususiy yoki davlat-xususiy sheriklik sharti bilan bo‘lishi mumkin.

Xalqaro shartnomani tadbiq etish bo‘yicha mas’ul organ sifatida O‘zbekiston Transport vazirligi belgilangan.