4 oktabr kuni O‘zbekistonda 304 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 176 019 nafarga yetdi.

Bu 14 iyundan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lib (14 iyun kuni 300 kishida koronavirus aniqlangan), bir kun oldin qayd etilgan kasallanish holatlaridan 198 taga kam.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 171 162 (+209) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1251 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, dushanba kuni 12 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 27 349 nafarga yetdi.

Ushbu ko‘rsatkich SSV pnevmoniya holatlari bo‘yicha ma’lumot berishni boshlagan 5 iyuldan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kecha pnevmoniyaga chalinganlarning 19 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 25 688 nafarni tashkil qilmoqda.