2021 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti olimlar Syukuro Manabe, Klaus Hasselman va Jorjio Pariziga «murakkab fizik tizimlar haqidagi tushunchamizga hissa qo‘shgani uchun» berildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Syukuro Manabe va Klaus Hasselman mukofotning bir qismini — «Yer iqlimini fizik modellashtirish, o‘zgaruvchanlikni miqdoriy baholash va global isishning ishonchli bashorati» uchun oladi.

Jorjio Parizi esa mukofotning ikkinchi qismini — «fizik tizimlarning tartibsizliklari va tebranishlarining o‘zaro ta’sirini — atomlardan tortib to planetar miqyosigacha kashf qilgani» uchun oladi.

Bu yilgi Nobel mukofoti sohiblarini taыdirlash 5 oktabrdan boshlandi. An’anaga ko‘ra birinchi bo‘lib tibbiyot sohasidagi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qildi. Ushbu mukofotga «harorat va sezish retseptorlarini kashf qilgan» olimlar Devid Julius va Ardem Pataputyanlar loyiq ko‘rildi.

Bu yil mukofot jamg‘armasi taxminan 1,2 million dollarni tashkil qiladi.

2020 yilda Rojer Penrose, Reynxard Gentsel va Andrea Gez fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan edi. Ular qora tuynuklarni tadqiq qilgani uchun mukofotlangandi.