FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 5 oktabr kuni soat 12:59 da Afg‘onistonda zilzila yuz bergan. Zilzila O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida ham sezilgan.

Zilzila koordinatalari: 36,32 gradus shimoliy kenglik; 66 gradus sharqiy uzunlik.

Zilzila markazida magnitudasi 6 ga teng bo‘lgan. Fokus 100 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 616 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida silkinishlar kuchi:

  • Surxandaryo viloyatida 3−4 ball, 151 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 281 km.
  • Samarqand viloyatida 2−3 ball, 380 km.
  • Buxoro viloyatida 2−3 ball, 407 km.
  • Navoiy viloyatida 2 ball, 424 km.
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 451 km.

Poytaxtda, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni ertalab Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida, shuningdek, kechqurun Farg‘ona va Andijon viloyatlarida zilzila sezilgan edi. Shuningdek, 11 avgust kuni kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 3 balli zilzila sezilgan.

sentabr oyining oxirida O‘zbekistonning bir qator hududlarida kun davomida ikki marta zilzila sezildi.