14−20 oktabr kunlari saylovda muddatidan oldin ovoz berish mumkin bo‘ladi. Bu haqda MSK axborot xizmati xabar berdi.

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.

To‘ldirilgan saylov byulleteni yopiq konvertda, tegishli USKning seyfida saqlanadi.