O‘zbekiston Superligasida 20-tur uchrashuvlari yakunlandi.


Ushbu turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishda:


Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi taqdirlandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Litvada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futzalchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, futzal delegatsiyasi rahbari Jahongir Usmonov hamda assotsiatsiya bosh kotibi Avaz Maksumov ishtirok etishdi.

Futzal terma jamoasining ancha yosh bo‘lganligi sababli keyingi musobaqalarda yanada yuqori natijalar qayd etishlariga ishonch bildirildi. O‘z navbatida, jamoa nomidan terma jamoa sardori Rustam Umarov O‘FAga e’tibor uchun minnatdorchilik bildirgan holda assotsiatsiya muzeyiga esdalik sovg‘asini topshirdi. Tadbir yakunida futzalchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


O‘zbekistonlik futbolchi Jasurbek Yaxshiboyev “Real” darvozasiga gol urdi (video)

Moldovaning “Sherif” klubi hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev YeCHL doirasidagi o‘yinda “Real Madrid” darvozasiga gol urdi. “Santyago Bernabeu"dagi o‘yin Moldova klubi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikki o‘yindan beri g‘alaba qozonayotgan Yaxshiboyevning jamoasi o‘z guruhida 6 ochko bilan birinchi o‘rinda ketmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining oktabr oyidagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati

Srechko Katanes Amman shahrida o‘tkaziladigan yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziya va Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.


“Men faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”. Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi

Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi. U kelasi yil o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashish niyatida. “Men, shunchaki, faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”, — dedi u.