O‘zbekistonda 30 sentabr holatiga ko‘ra, emlanishi ko‘zda tutilgan aholining 53,6 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini olib bo‘ldi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi soni qariyb 21,5 million nafarni tashkil etadi. Vaksinatsiya jarayoni boshlanganidan beri o‘tgan olti oy mobaynida jami 11 million 491 ming 111 nafar aholi birinchi doza vaksinalari bilan emlangan.

Xabarda aytilishicha, olti oy davomida 4 million 539 ming 621 nafar fuqaro koronavirusga qarshi barcha boschiqlarda emlab bo‘lingan.Shunday qilib, mamlakatda emlanishi rejalashtirilgan aholining 21,2 foizi to‘liq emlandi.

Qayd etilishicha, to‘liq emlangan aholining 534 ming nafardan ziyodini 65 yoshdan oshganlar, 478 ming nafardan ortig‘ini esa surunkali kasalligi bor fuqarolar tashkil etadi.

Yarim yil davomida O‘zbekistonda emlash jarayonlarida 5 turdagi jami 20 million 781 ming 994 doza vaksina qo‘llanilgan bo‘lsa, shundan 78 foizi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi vaksinasi.

Shu paytga qadar O‘zbekistonga 20 million 499 ming 668 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirilgan bo‘lib, jami qo‘llanilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi 16 million 120 ming 621 dozaga yetgan.

Ayni paytda o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan to‘liq emlangan aholi soni 2,6 million nafardan зиёдни tashkil etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini yurtimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar berilgan edi.

SSV matbuot xizmati taqdim etgan umumiy emlash statistikasiga ko‘ra, Farg‘ona, Namangan hamda Andijon viloyatlari emlash jarayonlarini tashkil etish va aholi qamrovi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Xususan, o‘tgan olti oyda umumiy qo‘llangan dozalar bo‘yicha Farg‘ona viloyati 2 million 277 ming 731 doza vaksina bilan eng yuqori o‘rinda ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 560 ming 658 nafar fuqaro to‘liq emlangan bo‘lib, koronavirusga qarshi to‘liq vaksina olgan jami aholining eng katta qismini — 23,2 foizini tashkil qiladi.

Emlashga jalb etilgan aholi qamrovi bo‘yicha Andijon viloyati yetakchilik qilmoqda. Shu kungacha viloyatda emlanishi ko‘zda tutilgan aholining 66,7 foizi (1 million 322 ming 691 nafar) birinchi doza vakbilan emlangan.

Kam sonli aholiga ega bo‘lgan Navoiy viloyatida esa vaksinatsiya qamrovi 80,7 foizga yetgan.

Ma’lumot uchun, 28 sentabrdan O‘zbekistonda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati 1 noyabrga qadar aholining 70 foizini emlashni rejalashtirgan.