30 sentabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 276 ming 625 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 145 756 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 68 815 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 62 054 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 20 mln 781 ming 994 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 11 mln 491 ming 111 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 6 mln 633 ming 547 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 2 mln 657 ming 336 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 mln 539 ming 621 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 12,94 foizini tashkil qilmoqda (Davlat statistika qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining soni 35 mln 061 ming 847 nafar). Bu ko‘rsatkich emlash rejalashtirilgan 21 mln 455 ming 214 kishining 21,15 foizini tashkil etadi.

Jami emlanganlarning yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona (2 mln 277 ming 731 doza), Andijon (2 mln 248 ming 983 doza) va Namangan (2 mln 190 ming 954 doza) viloyatlarida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, 29 sentabrga qadar Isroilda 60,40%, AQShda 55,29%, Turkiyada 51,55%, Buyuk Britaniyada 65,61%, Rossiyada 28,80%, Qozog‘istonda 34,11% aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov 2021 yilning iyungacha mamlakat aholisining 60 foizigachasini emlash rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, 1 noyabrgacha O‘zbekiston aholisining 70 foizini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.