Mart oyida Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook tarmog‘ida O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgani haqida xabar berilgan edi.

Fuqaro o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirib, turli masalalarda, jumladan uy-joy va bank kreditlari ajratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini va’da qilgan. Buning evazigat fuqarolardan 50 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘larini bank plastik kartasiga o‘zlashtirgan.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganovning xabar berishicha, tezqor qidiruv tadbirlari davomida ushbu shaxs qo‘lga olinib, sud qilingan.

Sud hukmiga ko‘ra, 39 yoshli surxondaryolik fuqaroga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda internet tarmog‘idan 3 yilga cheklash jazosi tayinlangan.