Bayram va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) Markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massalari ta’sir etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

1−2 oktabr kunlari sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan respublikaning ayrim hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. 3 oktabr kuni beqarorlik faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida saqlanib turadi, ushbu hududlarda joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

2−3 oktabr kunlari tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas.

1−2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

1−3 oktabrda havo harorati asta-sekin kechalari +3…+8 daraja iliqgacha, kunduz kunlari +12…+17 daraja iliqgacha, shimolda kechalari +0…+5 daraja iliqgacha, kunduz kunlari +10…+15 daraja iliqgacha pasayadi.