28 sentabr kuni O‘zbekistonda 510 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 173 409 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 168 359 (+659) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1234 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, seshanba kuni 67 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 27 084 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 229 nafarga yetdi.