Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 29 sentabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 9,88 so‘mga ko‘tarildi va 10 675,61 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 7,66 so‘mga pasaydi va 12 468,04 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,07 so‘mga pasaydi va 146,91 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 665,73 so‘mni tashkil qilgandi.