Elsun-Sharob kompaniyasi 28 sentabr kuni «Yangi O‘zbekiston» savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining «Intellektual Mulk» tizimida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asoslanib Spot nashri xabar berdi.

Elsun-Sharob qo‘shma korxonasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ro‘yxatga olingan. Intellektual mulk agentligiga yuborilgan arizada kompaniyaning faoliyat sohasi alkogol ichimliklar (pivodan tashqari) ishlab chiqarish ekani ko‘rsatilgan.

Avvalroq «Gazeta.uz» IKEA kompaniyasi O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza yuborgani haqida ma’lumot bergandi.