«Gazeta.uz» O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturini taqdim etadi (biografiya).

1. Adolatli jamiyat va adolatparvar davlat qurish

«Oliy qadriyat bu — inson. Uning huquq va erkinliklarini ta’minlash, har bir shaxsning qadrqimmatini e’zozlash erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyatidir».

Prezidentlikka nomzod deputatlarning saylovchilar va partiya oldidagi mas’uliyati va hisobdorligini oshirish, ularning faoliyatini xalq hayoti bilan uzviy bog‘lash choralarini ko‘rishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, mahalliy hokimlarni saylash tizimini amaliyotga tatbiq etish va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari lavozimini hokim lavozimiga bog‘liq bo‘lmagan holda alohida joriy etish partiya faoliyatining asosiy maqsadi deya qayd etdi.

«Ijro hokimiyatini inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan shaffof va samarali institut darajasiga olib chiqish tarafdorimiz. Biz xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarini ishga qabul qilish va ozod etishdagi, ularni javobgarlikka tortish masalasidagi, hududning kadrlar siyosatiga ta’sir etishdagi vakolatlarini kengaytirish choralarini ko‘ramiz», — deydi Bahrom Abduhalimov.

Buning uchun:

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini chuqur xatlovdan o‘tkazish;
  • davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vakolatlarni bajarishi uchun ularni amalga oshirish, nazorat qilish va hisobotini eshitish bilan bog‘liq mexanizmlarning aniq normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

«Maqsadimiz — davlat boshqaruvining barcha sohalarida, ayniqsa, sud tizimi va huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatida, ta’lim sohasida korrupsiyani yo‘q qilishdir. Aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhiti va madaniyatini shakllantirish, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga „Toza qo‘llar“ siyosatini singdirish, qonun ustuvorligini ta’minlash choralarini ko‘ramiz», — deydi nomzod.

Bahrom Abduhalimovning ta’kidlashicha, korrupsiya bilan kurashish nafaqat davlat organlari va huquqni muhofaza etish tuzilmalarining vazifasi, balki butun jamiyatning burchi.

«Mansabdorlarning o‘z mavqeidan foydalangan holda yer maydonlari va barcha tabiiy resurslarni taqsimlashiga mutlaqo chek qo‘yamiz. Mamlakat boyligi: yeri, o‘rmonlari, mineral resurslari va boshqa tabiiy resurslari mansabdorlarga emas, so‘zsiz xalqqa tegishli bo‘lishi kerak. Mamlakat poytaxtini kengaytirish va rivojlantirish tarafdorimiz», — deya ta’kidladi prezidentlikka nomzod.

«Mavjud xonadonlarni buzish evaziga emas, poytaxtning ma’muriy markazini, ya’ni Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va davlat idoralarini shahardan tashqariga chiqarib, poytaxtni xalqimizning dam olish, sayohat qilish va hordiq chiqarish maskaniga aylantiramiz. Poytaxtni tom ma’noda xalqqa beramiz!», — qo‘shimcha qildi u.

2. Adolat va qonun ustuvorligi

Partiya adolatsiz jazo va jarimalarni qayta ko‘rib chiqishni qayd etib, jarimalar xalqning real daromadiga mutanosib bo‘lishini, shuningdek, ularning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib belgilanishini ta’minlashini ta’kidladi. Ayrim jinoyat turlariga ma’naviy jazo choralari qo‘llashni ilgari suradi.

Dastur doirasida prokuratura, adliya organlari va sud xodimlari o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlikni tugatish ko‘zda tutilgan.

«Davlat boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza etuvchi tuzilmalar faoliyatida qonunchilik me’yorlarining buzilishiga, ularning noto‘g‘ri va erkin talqin etilishiga, шuniнг­дек, rasmiyatchilik va korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib boramiz. Negaki, haqiqat va adolat bilan сиё­сат yurgizmagan har qanday mas’ul xodim fuqarolarning davlat siyosatiga munosabatini salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin», — dedi nomzod.

Xalqning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat’iy мuс­таҳkamлаш, sudni tom ma’noda adolat qo‘rg‘oniga aylantirish ishlarini izchil davom ettirish ko‘zda tutilgan. Nohaqlikning oldini olish va sud faoliyati sifatini oshirish maqsadida amaldagi «Sudlar to‘g‘risida"gi qonunni takomillashtirish orqali yagona yurisdiksiya sudlarini tashkil etish jarayonini quyi pog‘onalarga — tuman (shahar) darajasiga tushirish, ularga «xalq sudlari» maqomini berish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga nazorat instansiyasi vakolatini yuklash borasida maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Dasturda har bir hukmning qonuniy va adolatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida jamoatchilik фик­риni inobatga olish amaliyoti zarurligi ta’kidlangan. Barcha jazolar odil sudlov organlari tomonidan amalga oshiriladi. Har qanday ko‘rinishdagi «samosud» uchun qat’iy jazo belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Advokatlarning nufuzi va maqomini yanada ko‘tarish, ularni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, har bir advokat malakali huquqiy xizmat ko‘rsatishi uchun zarur choralarni ko‘rish, bu borada amaldagi qonunlar ijrosi yuzasidan kuchli va samarali nazorat o‘rnatish, sud jarayonida advokatura va prokuratura huquqlari tenglik prinsipini ta’minlanishi ta’kidlandi.

Sudda ham, davlat va mahalliy davlat idoralarida ham kam ta’minlangan aholi manfaatlarini himoya qiladigan bepul davlat yuridik yordami ko‘lamini kengaytirish rejalashtirilgan.

«Bizning partiya ijro bilan bog‘liq barcha vakolatlarni va jazoni ijro etish muassasalarini surishtiruv hamda tergov vakolatiga ega bo‘lmagan, xolis organ — adliya idoralari boshqaruviga berish tarafdori. Dastlabki tergov organlarining tarqoqligi natijasida inson huquqlarining buzilishi holatlarini bartaraf qilish, dastlabki tergov ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, mamlakatda yagona tergov organi — Tergov qo‘mitasini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz», — deydi Bahrom Abduhalimov.

3. Ijtimoiy adolatni qaror toptirish

«Adolat» SDP ijtimoiy siyosatining asosiy maqsadi ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini oshirish, har bir fuqaro uchun davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy ta’minot tizimini yaratishdir.

«Mehnat qonunchiligi ustuvorligiga erishamiz, xodimni ekspluatatsiya qilishga qarshi кес­кин kurashamiz. Mamlakat yalpi aholisining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, har bir insonni boy qilish choralarini ko‘ramiz», — deydi Bahrom Abduhalimov.

Dastur doirasida «Ish haqi minimumi», «Yashash minimumi» kabi tushunchalarning qonuniy asoslarini yaratish ko‘zda tutilgan.

«Har bir inson boshpanaga ega bo‘lishga haqli. Biz uy-joylarning narxini keskin kamaytiramiz. Hammabop va hamyonbop uylar ijtimoiy himoyaning muhim shartidir. Biz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini munitsipal uylar bilan ta’minlaymiz. Mamlakatimizda va chet elda ishlayotgan yollanma va mavsumiy ishchilarga keng sharoitlar yaratib beramiz, ularning mehnati qadrlanishini va muhofaza qilinishini, ishlagan mehnatiga yarasha haq olishini, mehnat stajiga qo‘shilishini va kelajakda munosib pensiya olishini kafolatlab beramiz», — ta’kidladi nomzod.

Shuningdek, saylovoldi dasturda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ham ish bilan ta’minlanishi, ta’lim olish, pensiya va tibbiy ta’minot sohalarida qonun bilan kafolatlangan imtiyozlarga ega bo‘lishlari kerakligi qayd etildi.

«Biz pensiyadagi yuqori cheklovlarni bekor qilamiz va har kimning mehnatiga, olgan maoshiga va ijtimoiy to‘lovlariga yarasha pensiya ta’minotini yo‘lga qo‘yamiz. Pensionerlar uchun munosib hayot sharoitini yaratamiz», — deydi nomzod.

«COVID-19 ta’lim jarayoni va ish bilan ta’minlashda jiddiy to‘siqlar yaratdi va ko‘p odamlarning ruhiy salomatligi sezilarli darajada ta’sir qildi. Bunday sharoitda aholining zaif toifalarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega», — dedi Bahrom Abduhalimov.

Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Inqirozga qarshi kurash — 2030» dasturini ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.

4. Ta’lim sohasida adolat ustuvorligini ta’minlash

Bolalarni мактаб­гача ta’lim tashkilotlariga hozirgidek uch yoshdan emas, ikki yoshdan boshlab, hech qanday navbatlarsiz, yuz foiz qamrab olinishiga erishish ko‘zda tutilgan. Sotsial-demokratiya g‘oyalariga mos ravishda davlat maktabgacha ta’lim tizimini to‘liq bepul qilish ko‘zda tutilgan.

«Adolat» partiyasi o‘qituvchilar obro‘-e’tibori va huquqiy maqomini yanada ko‘tarish, ularning ish haqi va ijtimoiy mavqeini oshirish uchun «O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida» qonun qabul qilinishi ташаб­buскори bo‘lishini ma’lum qildi.

Ta’lim va tarbiya tizimini rivojlangan va sharq madaniyatiga mos keladigan ilg‘or tajribalar va milliy qadriyatlar, diniy aqidalar asosida umumiy o‘rta ta’limning yangi standartlarini yaratish maqsad qilingan.

«Umumta’lim maktablari uchun darsliklarning yangi, zamonaviy avlodini yaratish uchun «Дарслик­лар bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti»ni tashkil qilamiz. Markazdan uzoq qishloqlarda yashab, a’lo baholar bilan o‘qigan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, kam ta’minlangan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olishini kafolatlaymiz. Jamiyatdagi ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir insonga oliy ma’lumot olish imkoniyatini yaratamiz», — dedi nomzod.

Shuningdek, prezidentlikka nomzod oliy ta’lim kvotalarini butunlay yo‘q qilishni va har kimga oliy ta’lim olish huquqi erkinligini hamda reytingi yuqori bo‘lgan talabalarning bepul oliy ta’lim olishini kafolatlashini ta’kidladi. Oliy ma’lumotlilar soni bo‘yicha mamlakat darajasini ko‘tarish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga kirish kvotalarini bosqichma-bosqich oshirib borish, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklini yanada keng joriy etish choralarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Saylovoldi dastur doirasida oliy ta’lim tizimiga reyting amaliyotini kiritish va yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori reyting­­га ega bo‘lgan talabalarni grant asosida, reytingi past bo‘la turib grantda o‘qiydigan talabalarni kontrakt asosida o‘qish uchun ro‘yxatlarni qayta ko‘rib chiqish tartibini o‘rganish rejalashtirilgan.

5. Ilm-fan — adolat va taraqqiyot omili

Ta’lim va ilm-fan bilan shug‘ullanuvchilarga bepul uy-joy taklif qilinmoqda. Ilm-fanni moliyalashtirishga sarflanadigan mablag‘ 2030 yilda yalpi ichki mahsulotning 2 foiziga qadar oshadi, uni davlat budjetidan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich ta’minlash zarur, deb ҳисоб­лайди prezidentlikka nomzod.

«Biz nafaqat olimlarni, balki har qanday ixtiro va ixtirochilarni qo‘llab-quvvatlaymiz, rag‘batlantiramiz va ularga zarur sharoitlarni yaratamiz. Shuningdek, bugungi kunda e’tibordan chetda qolayotgan iqtisodiyotning haqiqiy lokomotivi bo‘lgan injener, texnolog, agronommexanizator kabi mutaxassislarning sonini ko‘paytirish va malakasini oshirish choralarini ko‘ramiz», — deydi Bahrom Abduhalimov.

O‘zbekistonda fundamental fanlardan olingan ijobiy natijalarni tibbiyot va sog‘liqni saqlash; qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiyalar; gidrologiya va suv muammolari; energetika, muqobil energiya manbalari va resurs tejamkor texnologiyalar; ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kabi sohalarga joriy qilish ishlarini izchillik bilan olib borish orqali mamlakatning iqtisodiy qudratini мuс­таҳkamлаш ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda «Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash — 2030» konsepsiyasini va manzilli dasturlar ishlab chiqish taklifini ilgari surish maqsad qilingan. Bunda, alohida e’tiborni Kartaxen protokolining amalga oshirilishiga va gen muhandislik usullari yordamida o‘zgartirilgan organizm mahsulotlarini yaratish va foydalanish tamoyillariga qaratiladi.

«O‘zbekistonda jahonning Gavay, Kanar orollari hamda Chilida joylashgan eng nufuzli observatoriyalari bilan raqobatlasha oladigan Maydanak observatoriyasidan unumli foydalangan holda astronomiya sohasida ajdodlar ilmiy merosi an’analarini davom ettiramiz. Bu, o‘z navbatida, yoshlarimizda ilm-fanga hamda yuqori texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi», — ta’kidladi nomzod.

«Uchinchi Renessansning poydevori sifatida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali fan — ta’lim — ishlab chiqarish tizimlarining uzviy aloqadorligini ta’minlaymiz. Ilm-fan — taraqqiyot garovi», — qo‘shimcha qildi u.

6. Aholi salomatligi ulkan boylik, jamiyatning barqaror rivojlanishi garovi

«Adolat» SDP nomzodi «Aqlli tibbiyot» tizimini shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan qonunchilik mexanizmlarini ishlab chiqib, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha «Milliy dastur» qabul qilishni ko‘zda tutmoqda.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasini yanada takomillashtirishda, ya’ni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplarini aniq belgilash, sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilish; aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘lishini ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaydi u.

«„Tibbiyot xodimi“ maqomini belgilaymiz, ularning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash va turli tazyiqlarning oldini olish maqsadida mavjud huquqiy bazani yanada takomillashtiramiz», — deya ta’kidlandi.

«Reproduktiv salomatlik masalasi, onkologiya, sil, qand kasalliklarining oldini olish va to‘liq davlat hisobidan davolash alohida diqqat-e’tiborimizda bo‘ladi», — dedi Bahrom Abduhalimov.

Davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari ro‘yxati qayta shakllantirilib, ular bilan aholini kafolatli ta’minlash tizimi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlanadi.

Shu maqsadda dorilarning yagona elektron bazasi tizimini shakllantirish yordamida dori-darmon spekulyatsiyasiga, dorilarning narxi asossiz oshirilishiga chek qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda bolalar orasida keng tarqalayotgan va ularning sog‘lom rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan yassitovonlik, skolioz, tish касаллик­ларига birinchi va o‘ta muhim masala sifatida e’tibor qaratilishi maqsad qilingan.

«Bizning sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor maqsadimiz — tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, „Tibbiy madaniyat“ tizimini yaratib, aholiga zamonaviy, yuqori texnologiyali, ixtisoslashtirilgan va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashdan iborat», — deydi Abduhalimov.

7. Ayol — muqaddas, oila — jamiyat asosi

Dasturga muvofiq, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha milliy indekslarni, shuningdek, tegishli xalqaro reytinglarda O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqilishi, reproduktiv salomatlik va oilaning demografik rivojlanishini barqaror ta’minlash maqsadida, «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» konseptual g‘oyasini amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

«Adolatli jamiyat va adolatparvar davlat qurish jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Gender tengligiga erishish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishidir», — deydi Bahrom Abduhalimov.

Ijtimoiy adolatni qaror toptirishda partiya o‘z oldiga xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni maqsad qilib olgan.

«Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, меҳ­нат sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishga alohida e’tibor qaratamiz. Biz xotin-qizlar faolligi va rolini oshirishda bardavom bo‘lib, barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xotin-qizlar vakillarini ko‘paytiramiz», — deydi nomzod.

Xotin-qizlarning yanada chuqur bilim va kasb mahoratiga ega bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, mehnat bozorida ularga imtiyozlar berish, ayollarga o‘z biznesini tashkil etish uchun ko‘maklashish partiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

8. Yuqori ma’naviyat bilan adolat sari

«Har qanday davlat mustahkam ma’naviy poydevorga ega bo‘lgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi. Adolat va ma’naviyat o‘zaro chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Shu nuqtai nazardan, jamiyatda sog‘lom fikr hamda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lomlashtirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqamiz», — ta’qidladi prezidentlikka nomzod.

Ma’naviy tarbiyaning ustuvorligini ta’minlash uchun «Adolat» SDP davlat barcha madaniy, tarixiy yodgorliklarni va tabiat ёдгорлик­лариni ro‘yxatdan o‘tkazishi va saqlashi, ularga mablag‘ ajratishini shart, deb hisoblaydi hamda tarixiy qadriyatlarga asoslangan «Jamiyatda yurishturish odob-axloq qoidalari»ni yaratish va joriy etishni ilgari suradi.

9. Samarali iqtisodiyot — taraqqiyot omili

«Bizning partiya davlat iqtisodiy natija va yutuqlarini adolatli taqsimlash tarafdori. Bugungi kunda iqtisodiyotning samarali ривож­ланishиni, davlatning iqtisodiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan yalpi ichki mahsulotni adolatli taqsimlashni ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish, amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy yo‘nalishi, adolatliligini har bir fuqaroning ong-shuuriga yetkazish partiyaning birlamchi vazifasidir», — ta’kidladi Bahrom Abduhalimov.

«Iqtisodiyot qachon rivojlanadi, qachonki erkin va raqobatli bo‘lsa. Biz raqobatni kuchaytirish orqali monopoliyaga barham beramiz. Buyurtmachi va yetkazib beruvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomani qudratli huquqiy vositaga aylantiramiz va bu jarayonga hokimiyat aralashuviga chek qo‘yamiz. Har qanday nizo sud qarori bilan yechim topadi», — deydi u.

Partiya bozorni boshqarish, tartibga solib turish zarurligini ta’kidlab, «raqobat — mumkin qadar, davlat boshqaruvi — zarurat qadar» tamoyilini hayotga tatbiq etish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

«Biz aholining katta qismi yashayotgan qishloq hayotini tubdan yangilaymiz, eng og‘ir bo‘lgan kuz-qish mavsumida har bir qishloqda uzluksiz va ehtiyojni to‘liq ta’minlaydigan darajada tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazadigan tizimni joriy qilamiz. Va bu bilan aholiga farovonlik bag‘ishlaymiz, tadbirkorga sharoit yaratamiz».

«Agrofirma va davlat xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ilmiy asosda tashkil etish, fan va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash yaqin kelajakda O‘zbekistonning agrar sohadagi ulkan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda, qishloq iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda, bandlik va qashshoqlik muammolarini hal etishda katta natijalar beradi, deb hisoblaymiz».

Dasturda intellektual mulk obyektlari (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, ixtiroga bo‘lgan huquqlar va boshqa) huquqlari buzilishiga nisbatan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ixtironi qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ham iqtisodni rivojlantirishga yo‘naltirilgan vazifalar qatorida belgilangan.

«Biz adolatli va raqobatbardosh tadbirkorlik faoliyatini joriy qilamiz. Bunda monopoliyaning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yamiz. Xususan, UzAuto Motors AJga berilgan imtiyozlar va avtomobillar importiga belgilangan bojxona to‘lovlarini har yili 15 foizdan kamaytirib ochiq raqobatga o‘tishini, bojxona tushumlarining kamayishi esa to‘lanadigan soliqlar bilan qoplanishini ta’minlaymiz. Biz deklaratsiyalar topshirish tizimini yanada takomillashtirib hayotga chuqurroq integratsiya qilamiz», — deya ta’kidladi prezidentlikka nomzod.

Nomzod deklaratsiyalarni barcha daromad oluvchilarning topshirishlariga qaratilgan siyosatni olib borish bilan birgalikda, har bir insonning katta miqdordagi xarajatlarini ham deklaratsiyalash prinsiplarini joriy qilishni maqsad qilgan.

«Biz yangicha sanoat siyosatini yuritamiz. Yalpi ichki mahsulotda kichik va o‘rta biznes ulushini keskin oshiramiz. Sanoat elektr energiyasisiz bo‘lmaydi. Buning uchun nafaqat AES, alternativ elektr manbalaridan kengroq foydalanish choralarini ko‘ramiz», — deydi u.

Bahrom Abduhalimov tadbirkorlarga qonuniy imkoniyat va imtiyozlar berilishini ta’kidlab, mahsulot sifatini qat’iy davlat nazoratiga olish, aniq standartlar joriy etib, sifatsiz mahsulot chiqarish hamda narx-navolarni sun’iy ko‘tarishga qaratilgan xatti-harakatlar uchun kuchaytirilgan jazo choralarini qo‘llash maqsad qilinganini ta’kiladi.

Iqtisodiyotni inson manfaatlarini hisobga olgan holda modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, raqamli texnologiyalarga асос­ланган iqtisodiyotga o‘tishda universitet va kasb-hunar ta’limining mavjud tizimini isloh qilish; raqamli iqtisodiyotda innovatsiyalar va tadbirkorlikning o‘sishiga javoban, davlat idoralari, ayniqsa, moliyalashtirish bo‘yicha to‘liq qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish; bandlik sohasida onlayn ish bilan ta’minlash kabi masalalarini qamrab oladigan «Raqamli iqtisodiyotda aholi bandligini ta’minlash konsepsiyasi — 2030» дас­тuриni ishlab chiqish taklif qilinmoqda.

Partiya — adolatli va samarali soliq hamda budjet siyosatini amalga oshirish tarafdori. Soliqqa tortishning progressiv stavkalarini o‘rnatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni to‘liq yoki qisman soliqdan ozod qilishni taklif qilingan. Shuningdek, ijtimoiy tenglik o‘rnatish maqsadida qimmatbaho buyumlarga soliq va katta maydondagi ko‘chmas mulk uchun progressiv soliqlarni joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

«Mamlakatning iqtisodiy qudrati, eng avvalo, kafolatlangan budjetga bevosita bog‘liqdir. Shu sababdan ham undiriladigan barcha to‘lovlar (jarimalar, davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy undiruvlar) to‘laligicha davlat budjetiga yo‘naltirilishi shart, deb hisoblaymiz. Ya’ni, barcha darajadagi davlat tashkilotlarining „shaxsiy cho‘ntagi“ bo‘lgan turli maxsus jamg‘armalarni bekor qilib, davlat budjetiga tushishini ta’minlaymiz», — deydi nomzod.

«Bir so‘z bilan aytganda, xalq to‘layotgan majburiy va boshqa turdagi to‘lovlar davlat budjetiga tushishi tarafdorimiz! budjet xarajatlarining shaffof va adolatli taqsimlanishini to‘liq nazoratga olamiz. Barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xarajatlarining shaffofligini ta’minlaymiz», — qo‘shimcha qildi u.

10.Tinlichksevar, adolatli va progressiv tashqi siyosat

«Hayotda O‘zbekiston suverenitetiga, izchil va barqaror rivojiga xavf solishi mumkin bo‘lgan kuchlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimi yaratilishi taqozo etilmoqda. Mazkur vazifalarni bajargan taqdirdagina biz farovon turmushga, adolatli hayotga erishamiz, jahon hamjamiyatida o‘zimizga munosib o‘rnimiz va nufuzimiz bo‘ladi», — deydi Bahrom Abduhalimov.

«O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyasini yanada chuqurlashtirish, uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirokini yanada kengaytirishni dolzarb vazifa, deb bilamiz».

Partiya bundan keyin ham mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, hech qanday harbiy bloklarga va koalitsiyalarga qo‘shilmaslik, harbiy maqsadlarni nazarda tutuvchi harakat va tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatmaslik, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, gumanitar aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikka yo‘naltirilgan siyosat olib borishni maqsad qilgan.

«Mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Biz o‘zimizning yaqin qo‘shnilarimiz bilan ochiq, дўс­тona va pragmatik siyosat olib borishga sodiq qolamiz», — ta’kidladi nomzod.

Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlanadi.

«Shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish dasturi doirasidagi ijtimoiy va gumanitar loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni ustuvor vazifalarimizdan biri, deb hisoblaymiz. Ushbu masalalarni hal qilishda BMTning ixtisoslashgan institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish va ijtimoiy sohaga doir dasturlarni hamkorlikda amalga oshirishda faol ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlaymiz», — ta’kidladi Bahrom Abduhalimov.

«Sizning saylovdagi faol ishtirokingiz va xohish-istagingiz asosida biz mamlakatimizda keyingi 5 yil mobaynida ularni hayotga tatbiq eta olamiz. Ishonamizki, partiyaning bunday ulug‘vor maqsadlari saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi! Saylovda partiyamiz ko‘rsatgan nomzodni qo‘llab-quvvatlasangiz, Siz — aziz yurtdoshlarimizning tinch va farovon hayoti uchun, belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar qilamiz! Maqsadimiz hammamiz uchun aziz va mo‘’tabar shu zaminda, har bir xonadonda tinchlik-осойish­таликni, barqarorlikni saqlashdir», — deya yakunladi «Adolat» SDP nomzodi.