Futzal bo‘yicha jahon chempionatining 1/8 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Eron terma jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. 24 sentabr kuni Litvada bo‘lib o‘tgan o‘yin 8: 9 hisobida yakunlandi.

Terma jamoa tarkibida Xusniddin Nishonov xet -trikka erishdi (9', 30', 33'), Dilshod Rahmatov dubl (17', 38') qayd etdi. Shuningdek, Ixtiyor Ropiyev (18'), Anasxon Rahmatov (28') va Ilhomjon Hamroyev (39') ham gol muallifi bo‘lishdi.

Eron terma jamoasi safida gollarni Ali Hassanzade (1', 22', 28'), Javid Mehdi (5', 25'), Ahmad Abbosiy (16', 36'), Farhod Tavakoli (18') va Musulmon Oladxobad (29') gollar mualliflariga aylanishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Eronning juda kuchli jamoa ekani, dunyoda 3−4-o‘rinlarni egallashini ta’kidladi.

«Yigitlarimiz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, lekin himoyadagi xatolar tufayli bugun mag‘lub bo‘ldik. Biz ham oldinda turgan daqiqalarimizdan foydalana olmadik», — dedi u.

Murabbiy futbolchilarining o‘yinidan mamnun ekanligini va jamoa saviyasini ko‘tarishga va’da berishini qayd etdi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatini tashkil qilgani uchun Litvaga minnatdorchilik bildirdi. Foto: Futbol assotsiatsiyasi.

Video