Bugun va ertaga O‘zbekistonda quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Termometr ustuni kunduz kunlari +32…+34 darajagacha ko‘tariladi. Bu ushbu kunlar me’yoridan +4…+6 daraja yuqoridir. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelishi saqlanib turadi. Kechasi harorat +15…+17 darajani, kunduz kuni +35…+37 darajani tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7…+12 darajagacha, kunduz kuni +20…+25 darajagacha pasayadi.

Dushanba kuni salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinchi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati +23…+27 daraja, kechasi +12…+15 daraja atrofida bo‘ladi.

26−27 sentabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar ko‘payadi va ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo haroratining yanada pasayishi kutilmoqda.