“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda saylovda o‘ziga bitta Shavkat Mirziyoyevni raqib sifatida ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida xabar berildi.

“Qolgan partiyalarning nomzodlarini men o‘ylamanki, xalqimizning o‘zi ham juda tez joyiga o‘tkazib qo‘yadi”, — deya qo‘shimcha qildi Alisher Qodirov.

Avvalroq, “Milliy tiklanish” partiyasi tashviqot ishlariga start berib, banner va viderolikni e’lon qilgan edi. Alisher Qodirovning familiyasi to‘liq ko‘rinmaganligi sababli, bannerda jumlani quyidagicha o‘qish mumkin: “Alisher Qodir”.