Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqiroziga qarshi birgalikda kurashadi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqirozini yengish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Unda aytilishicha, iqlim o‘zgarishi mintaqada suv mavjudligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, cho‘llanish va tuproq degradatsiyasini tezlashtirmoqda.

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 1 avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxati tuziladi. Ularning yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.

O‘zbekiston internet erkinligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida oxirgi o‘rinni egalladi — Freedom House

Freedom House`ning internet erkinligi darajasini aniqlovchi Freedom on the Net 2021 hisobotida O‘zbekiston 100 balldan 28 ball to‘pladi. Mamlakat erkin internetga ega bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Samarqandni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur tayyorladik — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda viloyatda 450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish eng ustuvor vazifa ekanligini aytdi. U Narpay tumani misolida viloyatda ishsizlik va kambag‘allikka barham berish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi. Tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 12 ta mahallada quruvchi, chilangar, qandolatchilik, tikuvchilik, IT-soha kasblari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etiligi aytildi.

“Oldin Tojikiston bilan chegarada minalar bo‘lgan” — Shavkat Mirziyeyov

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, bir yarim yil davomida Tojikiston prezidenti bilan qiyin muzokaralardan so‘ng, o‘zbek-tojik chegarasidagi minalar tozalangan.

Raqib sifatida bitta Shavkat Mirziyoyevni ko‘raman — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovda o‘ziga bitta Shavkat Mirziyoyevni raqib sifatida ko‘rishini ma’lum qildi.

IIV xodimlari elektroshokerlardan foydalana boshlaydi

Ichki ishlar organlarining deyarli barcha bo‘linmalari elektroshoker qurilmalari bilan ta’minlandi. Ulardan yo‘l-patrul xizmatini va jamoat tartibini ta’minlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan xodimlar foydalanadi.

Nomzodlar maktab o‘quvchilariga bepul ovqat berishni va’da qilmoqdalar. Bu budjetdan qancha xarajatni talab etadi?

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi saylovoldi tashviqoti chiqishlarida ushbu hududlardagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga va’da berdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushta XDP nomzodi Maqsuda Varisova tomonidan ham taklif etilgan. “Gazeta.uz” ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun davlat budjetining taxminiy xarajatlarini hisoblab chiqdi va bu fikrga qarshi bo‘lgan iqtisodchilarning fikrini keltiradi.

Namanganlik 21 yoshli harbiy xizmatchi snaryad qoldiqlari portlashi oqibatida halok bo‘ldi

Chirchiq shahridagi dala o‘kuv maydonida snaryad qoldiqlari portlashi natijasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Marhumning ota-onasi prezidentga videomurojaat yo‘lladi.

“Adolat” tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni taklif qildi. Mutaxassislar va jamoatchilik bunga qarshi

“Adolat” partiyasi fraksiyasi tezlikni oshirganlik uchun jarimani BHMning 5 baravaridan 3 baravarigacha kamaytirishni taklif qildi. Jamoatchilik va ekspertlar haydovchilar uchun qulaylikdan ko‘ra, inson hayoti qadrining ustuvorligini eslatib, qarshi fikrlarni bildirishdi. Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur qonun loyihasida bunday taklif yo‘q.

“20 yildan oshdi, qonun qabul qildik, lekin uni buzganlik uchun javobgarlik yo‘q” — deputat jurnalistlar himoyasi bo‘yicha qonundagi kamchilik haqida

Deputat Rasul Kusherbayev jurnalistlar himoyasiga oid qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagani sohada ko‘plab muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Qonunchilik palatasi deputatlari bu masalada bir necha bor harakat qilib ko‘rishgan. “Biz, shaxsan men ham tarafdormanki, himoya qonunini qabul qildikmi, himoyani buzganga doir javobgarlik masalasini ham jinoyat kodeksida belgilab qo‘yishimiz shart”, — dedi deputat.

Qariyb 2,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

24 sentabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 2 mln 499 ming 668 dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 26 mln 754 ming 208 dozani tashkil qilmoqda.

Uzbekistan Airports va Air Marakanda Samarqand aeroportini moderniyazatsiya qilish bo‘yicha bitim imzoladi

Uzbekistan Airports va Air Marakanda kompaniyalari “Samarqand” xalqaro aeroportini DXSH asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi doirasida o‘zaro bitim imzoladi.