Juma, 24 sentabr kuni O‘zbekistonga yana 2 mln 499 ming 668 doza xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 26 mln 754 ming 208 dozaga yetmoqda. Ulardan 20 ml 499 ming 668 dozasi — ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, 1 mln 594 ming 480 dozasi — AstraZeneca (Covieshield, COVAX dasturi asosida bepul yetkazib berilgan), 460 mingtasi — Rossiyaning “Sputnik V”, 3 mln 60 dozasi Moderna va 1 mln 200 ming dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasi hisoblanadi.

Ayni paytga qadar shundan 19 mln 197 ming 082 doza doza vaksinatsiya jarayonlarida foydalanilgan.

Shuningdek, shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 mln 007 ming 732 nafarni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun bundan avval ZF-UZ-VAC2001'ning: 27 martda — 1 mln doza, 27 aprelda — 1 mln doza, 18 mayda — 1 mln doza, 19 mayda — 500 ming doza, 10 iyunda — 1 mln doza, 29 iyunda — 1 mln doza, 30 iyunda — 1 mln doza, 20 iyulda — 1 mln doza, 21 iyulda — 1 mln doza, 5 avgustda — 1 mln doza, 6 avgustda — 1 mln doza, 22 avgustda — 3 mln doza, 5 sentabrda — 1,5 mln doza va 6 sentabrda — 3 mln doza partiyalari keltirilgan.