Business Insider nashrining yozishicha, Tesla, Netflix, Berkshire Hathaway, Visa, Alibaba Group kabi dunyoning eng yirik, nufuzli va daromadli 16 ta kompaniyalarining bozor qiymati keyingi besh yillikda 1 trln dollarga yetishi kutilmoqda.
Approve.com bulutli xaridlar yechimlari provayderi o‘rtacha yillik o‘sish darajasi asosida 50 ta eng yirik kompaniyalarning bozor qiymatini qiyosiy o‘rganib chiqdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Tesla, Netflix, Berkshire Hathaway kabi jami 16 ta kompaniyaning bozor qiymati keyingi besh yil ichida 1 trln dollarga yetishi kutilmoqda.
Iyun oxirida «1 trln dollarlik kompaniyalar klubi»ga AQSh vakillari orasida beshinchi bo‘lib Facebook qo‘shildi. Shuningdek, Apple, Microsoft, Amazon, Alphabet ham joy oldi.
Yirik neft ishlab chiqaruvchisi Saudi Aramco 1 trln dollarlik kompaniyalar orasida AQShga tegishli bo‘lmagan yagona kompaniya hisoblanadi.
2026 yilgacha qiymati 1 trln dollarga yetilishi bashorat qilingan kompaniyalar ro‘yxati
Kompaniya nomi | Qiymati, mlrd dollar | Faoliyat tarmog‘i | 1 trln ga yetish taxminiy muddati | O‘rtacha yillik o‘sish, % da |
Tesla | 754 | Avtomobilsozlik | 2022 | 123,87 |
Tencent | 569 | Texnologiya | 2022 | 97,04 |
Comcast | 263 | Telekommunikatsiya | 2023 | 186,93 |
Meituan | 179 | Elektron tijorat | 2023 | 115,74 |
Nvidia | 555 | Texnologiya | 2024 | 48,27 |
Kweichow Moutai | 317 | Alkogol | 2024 | 48,6 |
Netflix | 257 | Ko‘ngilochar | 2024 | 74,16 |
Alibaba Group | 433 | Texnologiya | 2025 | 19,16 |
Tayvan yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish kompaniyasi | 620 | Yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish | 2025 | 16,05 |
Visa | 492 | Moliyaviy xizmatlar | 2025 | 22,32 |
Mastercard | 342 | Moliyaviy xizmatlar | 2025 | 32,15 |
Paypal | 332 | Moliyaviy xizmatlar | 2025 | 43,71 |
Berkshire Hathaway | 635 | Investitsiya | 2026 | 10,49 |
Samsung | 444 | Texnologiya | 2026 | 19,24 |
LVMH | 372 | Qimmatbaho tovarlar | 2026 | 22,78 |
Salesforce | 250 | Dasturiy ta’minot | 2026 | 40,67 |
Ro‘yxatda sanab o‘tilganidek, 1 trlnlik zonada texnologiya sohasida faoliyat yurituvchi kopaniyalar yetakchilik qilmoqda. Ulardan keyingi o‘rinni moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar band etgan.
Ma’lumot uchun, 1 trln dollar — bu Markaziy Osiyo davlatlari YAIM yig‘indisidan (2020 yilda jami 288,6 mlrd dollar) uch barobardan ziyodga ko‘p degani.