22 sentabr kuni O‘zbekistonda 531 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 170 520 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 164 614 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1207 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, chorshanba kuni 118 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 577 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 220 nafarga yetdi.