Bugun, 21 cyentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shuningdek, safar davomida turli maskanlarga tashrif ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 20 sentabrdan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotiga start berildi.

Ma’lumot uchun, “Milliy tiklanish” partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov kecha Samarqand shahrida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.