Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Oqbuloq mikrorayonida bir kishi politsiya xodimlari va sud ijrochilariga o‘q uzdi. Besh vafot etgani haqida ma’lum, deb xabar berdi Tengrinews.kz.

Ma’lumotga ko‘ra, 20-sentabr kuni, soat taxminan 17.00 da Olmaotaning Alatau tumanidagi Oqbuloq mikrorayonida, xususiy uylardan birida ko‘chirish to‘g‘risidagi sud qarori ijrosi vaqtida, ushbu uyda istiqomat qiluvchi, fuqaro D. (1967 y.t) tajovuzkorlik ko‘rsatib, sud ijrochilariga, politsiyaning mahalliy inspektorlariga, Favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlariga o‘qotar quroldan o‘q uzgan.

Olmaotaning Alatau tumani hokimi Azamat Kaldibekov taxmin qilishicha, mojaro fuqaroning uydan chiqarib yuborilishi tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Qozog‘iston respublika xususiy sud ijrochilari palatasi uyning yangi egasi avvalgi egalarini chiqarib yuborish to‘g‘risida sudga murojaat qilganini xabar bergan. Sud da’voni o‘tgan yilning yozida qanoatlantirgan. Qarzdorga uydan chiqish zarurligi to‘g‘risida bir necha bor xabar berilgan.

Otishma oqibatida besh kishi, shu jumladan navbatchilikda bo‘lgan ikki politsiyachi, o‘qotar jarohatini olib, vafot etgan.

Xabar qilinishicha, gumonlanuvchi zararsizlantirilgan va hibsga olingan. Politsiya vaziyat nazorat ostida ekanligini ma’lum qilgan. Jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.