19 sentabr kuni O‘zbekistonda 501 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 168 938 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 162 684 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1192 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni 95 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 272 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 215 nafarga yetdi.