MDH o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar tantanali kutib olindi

4−11 sentabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida I MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza, jami 91 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yosh atletlar aeroportda tantanali kutib olindi. MDH o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga prezident sovg‘asi topshirildi. Unga ko‘ra, musobaqada oltin medalga sazovor bo‘lgan sportchilarga 25 mln, ularning ustozlariga 12.5 mln, kumush medal sohiblariga 15 mln va ularning trenerlariga 7,5 mln, bronza medali egalariga esa 10 mln, ularni tarbiyalagan murabbiylariga 5 mln so‘mdan pul mukofotlarining sertifikatlari topshirildi.

Foto: MOQ axborot xizmati

O‘FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi bo‘yicha ma’lumot

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Ustaviga asosan joriy yilning 25 sentabr kuni soat 14:30 da Toshkent shahri, Olmazor ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida O‘FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi bo‘lib o‘tadi.

O‘FA a’zo tashkilotlari tomonidan jami 24 ta nomzodlar lavozimlar kesimida kelib tushdi. O‘FA Saylov qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, nomzodlarning quyidagi ro‘yxati shakllantirildi. Jumladan:

O‘FA prezidenti lavozimiga:

  • Azizov Abdusalom Abdumavlonovich

O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga:

  • Irmatov Ravshan Sayfiddinovich

O‘FA vitse-prezidenti ikkita lavozimlariga:

  • Ikramov Azizbek Isroilovich
  • Usmanov Jaxangir Mirabrorovich
  • Abdullayev Mehriddin Razzoqovich
  • Zikriyayev Raxmidin Egamovich
  • Isroilov Shoakrom Xolmatovich
  • Karimov Dilshod Murodjanovich

Ijroiya Qo‘mita 9 ta a’zoligiga:

  • Mirobidova Edita Lukmanovna
  • Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich
  • Isoqov To‘lagan Ulmasovich

Qolgan 13 ta nomzod O‘FA Ustavining 30-moddasi 3 bandiga asosan kamida 3 ta a’zo tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi sababli ro‘yxatga kiritilmadi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm hokimlari Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlarini mukofotladi

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.

O‘zbekiston Superligasida 18-tur uchrashuvlari yakunlandi


Futzal. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining nimchorak finaliga chiqdi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-turida Misrni mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta Jahon chempionatining nimchorak finaliga chiqdi. Bunga qadar O‘zbekiston Gvatamela hamda Rossiya terma jamoalariga mag‘lub bo‘lgan edi.