Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”
50:50:50
Yevgeniy Sorochinning shahardagi tong fotoloyihasi
Rasmlar tafsilotini o‘qish uchun ularning ustiga bosing.

Roppa-rosa bir yil oldin “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin karantin paytidagi Toshkent tongi haqidagi loyihasini yakunladi. U 50 kun davomida shaharni tong otar payti 50 mm obyektivda suratga oldi. Loyihaning g‘oyasi va shahar bir yil ichida qanday o‘zgargani haqida bizning fotomaterialimizda.

G‘oya haqida
Loyiha boshlanishidan bir-ikki yil oldin, fotografiya sohasida rivojlanishim uchun yo‘llarni qidirardim. Ijodning bu yo‘lidan borishning imkoniyatlaridan biri – biror-bir loyihaga qo‘l urish degan qarorga keldim. Loyihaning mavzusi ustida uzoq o‘yladim. Xayolimga hech bir narsa kelmasdi.

Ikkinchi karantin paytida men ko‘p vaqtimni oilam bilan uy ishlarini bajarish va audiokitoblarni tinglash bilan o‘tkazdim. Bir kuni rafiqam menga Oshoning «Erta tong. Yangi kunni baxtli boshlash uchun 365 haqiqat» kitobini tavsiya qildi. Unda agar odam erta tongda uyg‘onsa, ko‘p ishlarga ulgurishi mumkinligi haqida gapirilgan.
Bunday loyihaga qo‘l urgan birinchi odam emasman. Menda loyihalarni yaratish tajribasi yo‘q edi, shuning uchun men oddiy narsadan boshlamoqchi bo‘ldim. 50:50:50 g‘oyasi rassomni texnik va vaqt jihatidan cheklaydi.

Men 50 kun davomida tonggi soat 5 da uyg‘onishga, har kuni 50 mm obyektivda suratga olingan bitta fotosuratni ijtimoiy tarmoqlarimda joylashtirishga qaror qildim.

Men o‘zimni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim: loyihadan bir kun ham og‘masdan, uni yakunlay olamanmi? 50 kun ketma-ket tonggi soat 5da suratga olish uchun chiqa olamanmi? Qiziqarli syujetlar topa olamanmi?
Loyihaning karantin bilan bog‘liqligi va jarayon haqida
Ishimjuda kam va bo‘sh vaqtim bo‘lganligi sababli men o‘z loyihamni boshladim. Avgust oyida hukumat karantin cheklovlarini kuchaytirdi, lekin bu birinchi karantin cheklovlariga o‘xshamas edi.

Men har kuni fotosuratlarni ko‘rib chiqardim, ijtimoiy tarmoqlarimga joylashtirish uchun birini tanlardim va ularga nom va ostiga matn o‘ylab topardim. Bu tasvirlarni ko‘rayotganda xayolimga kelgan ilk fikrlar edi. Hozir esa suratga qo‘yilgan nomlar menga juda g‘alati tuyuladi.
Artefakt. 2020 yil, 8 avgust.
Kech yuklash va hech narsa demaslik
Ruh va qalb. 2020 yil, 10 avgust.
Ruh va qalb o‘rtasidagi farq hammaga ham maʼlum emas. Olti yil oldin bu haqda o‘ylanmas ham edim. Bugun ertalabki sayrga chiqmadim, shunchaki derazaga qaradim
Afisha. 2020 yil, 11 avgust.
Karantin davom etmoqda, lekin uning oldingi bonuslarini ko‘rmayapman. Eʼlonlarga ko‘proq qaray boshladim. Nimanidir o‘zgartirish vaqti keldi
Hayot. 2020 yil, 12 avgust.
2020 yil, 12 avgust.
Kutilmagan voqea. 2020 yil, 13 avgust.
Karantin cheklovlarini yaqinda yumshatishadi. Bu mening loyiham va ertalabki sayrlarimga taʼsir qiladimi?
Belgilar. 2020 yil, 14 avgust.
Karantin cheklovlari yumshatilyapti. Loyihaning 15-kuni albatta o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Umuman olganda, suratlar karantin haqida deyarli hech narsa demaydi. Koronavirus pandemiyasi va karantinga aloqador predmetlar bilan bir nechta kadrlar mavjud, xolos.

Ammo, aniq aytishim mumkinki, o‘sha paytda ko‘chada hozirgiga yoki karantinga qadar bo‘lgan davrga nisbatan ancha kam odam bo‘lgan. Ko‘chalar deyarli bo‘sh edi. Shaharga tongda chiqqan bo‘lsam ham, bo‘sh ko‘chalar ko‘zga tashlanar edi. Bu yil erta tongda hayot qaynayapti.

Men karantinni baʼzida qo‘msayman, chunki ko‘p vaqtimni oilam bilan o‘tkazardim, shahar tinch, osoyishta, hatto havo tozaroq edi, quyosh esa bunchalik qizdirmasdi go‘yo.
Loyiha natijalari haqida
O‘ylashimcha, o‘z oldimga qo‘ygan vazifani uddaladim. Loyiha men uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi. Men juda ko‘p qiziqarli kadrlarni suratga oldim va erta uyg‘onib odatda kun davomida bajarib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarish mumkinligini tushundim.

Bundan tashqari, men loyihadan oldin va keyingi ishlarim o‘rtasidagi farqni ko‘rdim. Ular kompozitsiya va ranglari bilan bir oz farq qiladi. Menimcha, endi o‘z yo‘nalishimni va o‘z tasvirimni izlay boshlayapman, ko‘pincha asosiy kompozitsion qoidalardan chetga chiqayapman.

Loyiha o‘zligimni topish va namoyon qilish uchun o‘z yo‘nalishimda ishlash, nimalarnidir o‘zgartirish kerakligini tushunishimga yordam berdi. Biroq, aynan nima ekanligini hali tushunganimcha yo‘q.
Rejalar haqida
Men bu asarlarimni ko‘rgazmaga qo‘ymoqchiman. Ammo ko‘rgazma zalida emas. Biroq, agar biror bir galereya bu taklif bilan murojaat qilsa, uni ham rad qilmagan bo‘lardim.
Kutish jarayoni
2020 yil, 23 avgust
Men shahar hokimligiga ko‘rgazma uchun joy ajratishlari bo‘yicha murojaat qilish haqida ham bir o‘yladim, masalan Amir Temur xiyobonida odamlar shunchaki yurib, suratlarni tomosha qilishlari uchun.
реклама
реклама
Ko‘rgazmani aynan shaharda o‘tkazish g‘oyasi menga ko‘proq yoqadi,chunki bu loyiha shahar haqida. Ko‘rgazma zali – bu juda yaxshi. U yerda chiroq yordamida tomoshabinlar eʼtiborini tasvirchi xohlagan narsaga qaratishi mumkin.
Teleport. 2020 yil, 27 avgust.
Soyalar tezroq harakatlanishga yordam beradi.
Temir. 2020 yil, 28 avgust.
Axborot shovqini. 2020 yil, 29 avgust.
So‘nggi yillarda informatsiya juda ko‘p va uning asosiy qismi – axlat
Kuzatuvchilar. 2020 yil, 30 avgust.
Onlayn. 2020 yil, 31 avgust.
O‘quv yili boshlanishi haqida maʼlum qilishdi. Monitor orqali o‘rganishga tayyorman!
Feruza. 2020 yil, 1 sentabr.
Yoz tugadi, taʼtil o‘tdi.
Ammo Toshkentdagi barcha madaniy tadbirlarda bo‘ladigan Afisha.uz fotomuxbiri sifatida shuni bilaman va tushunamanki, shahrimiz madaniy hayoti va shahrimizda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarning ommabopligi shunchalik pastki, odamlar faqat jahon miqyosidagi yoki kamida MDH miqyosidagi yulduz ishtirokidagi tadbirlarga borishadi. Hech kim hech qayerga borishni xohlamaydi, faqat sanʼatni yaxshi ko‘radigan odamlarning kichik guruhidan tashqari. Odatda bu o‘sha-o‘sha odamlar.
Agar suratlar galereyada namoyish etilsa, ko‘pchilik bu rasmlarni ko‘rmaydi. Men ishlarimni buyuk deb aytolmayman. Ammo men ular yordamida oddiy odamlar bilan muloqot o‘rnatmoqchiman. Balki sanʼat va madaniyat odamlarga yaqinlashsa, ularning sanʼat va madaniyatga qiziqishi ortgan bo‘larmidi. Axir, 50:50:50 loyihasi fotosuratlari shahar hayotini aks ettiradi va odamlarning shahar bilan munosabati haqida sahnalashtirilgan tasvirlar bilan emas, balki mening ko‘zlarim orqali gapiradi.
Smena. 2020 yil, 9 sentabr.
Soyadan tashqarida. 2020 yil, 10 sentabr.
Sxema. 2020 yil, 11 sentabr.
Juftlik. 2020 yil, 12 sentabr.
2020 yil, 13 sentabr.
Yarimta. 2020 yil, 14 sentabr.
2020 yil, 15 sentabr.
30 atrofida. 2020 yil, 16 sentabr.
Imo-ishora. 2020 yil, 17 sentabr.
Fotosuratlar muallifi: Yevgeniy Sorochin
Materiallarga bo‘lgan barcha huquqlar “Gazeta.uz” nashriga tegishli. www.gazeta.uz saytiga joylashtirilgan va “Gazeta.uz”ga tegishli foto-, grafik va boshqa materiallardan uchinchi shaxslar tomonidan har qanday ko‘rinishda foydalanish taqiqlanadi.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi, u haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting