14 sentabr kuni soat 19:15 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 69 km.da, Sharq MFY hududida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro (1985 y.t.) “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan fuqaro (1954 y.t.) va birga yashagan nabirasini (2019 y.t.) urib yuborgan.

Natijada piyodalar olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etganlar.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Haydovchi JPKning 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.