2021−2022-o‘quv yili uchun respublika OTMlari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlari yakuniy natijalari (mandat) 22 sentabr kuni litsey.edu.uz va OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Iyul oyida akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surildi. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda imtihonlarning o‘tkazilishi sentabr oyining birinchi yarmida bo‘lib o‘tishi aytildi.

sentabr oyi avvalida prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova OTMga kirish imtihonlari natijalarini (mandat) e’lon qilish kechikayotganligi uchun Davlat test markazini tanqid qildi. U DTM faoliyatini butunlay qaytadan ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Markaz ketma-ket uchinchi yil mandat e’lon qilish muddatini buzmoqda.