Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Misr bilan kechgan o‘yinda g‘alabaga erishdi. 18 sentabr kuni Litvada bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:1 hisob bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida Husniddin Nishonov raqib darvozasiga to‘p kirib, hisobni ochdi. 19-daqiqada Misr hisobni tenglashtirdi. Mustafo Eid gol urdi.

2-bo‘limning 13-daqiqasida Anasxon Rahmatov gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi (video). Shu tariqa uchrashuv yakunlandi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Rossiya Gvatamelani 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, guruhda 9 ochko bilan peshqadam bo‘ldi. O‘zbekiston termasi 3 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston termasining 1/8 finaldagi raqibi Eron hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi.

Foto

Foto: gettyimages