Turizm va sport vazirligi tomonidan 14 sentabrdan piyoda yurish va yugurishni targ‘ib qilish maqsadida ishga tushirilgan «Sog‘lom turmush tarzi platformasi» (1hls.uz) qadamlar uchun pul to‘lashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Vazirlik ushbu xabarni rad etib, «axborot xizmati xodimi maqolada asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot bergani bois aholi orasida bu borada tushunmovchilik paydo bo‘lganini»ni ta’kidladi.

«Turizm va sport vazirligi axborot xizmati mazkur xabarni yetkazishda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun uzr so‘ragan holda,"Sog‘lom turmush tarzi» platformasi ishlashda davom etishini ma’lum qiladi. OAV vakillari va aholini chalg‘ituvchi xabar bergan xodimga esa tegishli ogohlantirish berilganini ma’lum qiladi", deyiladi xabarda.

Avvalroq, «Gazeta.uz» 1hls ilovasini mobil telefonga yuklash, undan foydalanish va pulni bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qilgan edi.