Time jurnali 2021 yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi. Unga kirganlar bir necha kategoriyalarga bo‘lingan — “Kumirlar”, “Pionerlar”, “Titanlar”, “Innovatorlar”, “Yetakchilar”, “San'atkorlar”.

“Kumirlar”


“Kumirlar” nominatsiyasida Time Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi aktrisa Megan Marklni xayriya ishlari uchun e’tirof etdi. Ushbu kategoriyaga, shuningdek yaponiyalik tennischi Naomi Osaka, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, amerikalik xonanda Britni Spirs, amerikalik huquqshunos Sherlin Iffil ham kirgan.

“Pionerlar”


Ushbu kategoriyada amerikalik xonanda Billi Aylish yetakchilik qildi. Shuningdek, ushbu nominatsiyada Ben Kramp (amerikalik huquqshunos, o‘tgan yili Minneapolisda politsiya qiynoqlari sababli vafot etgan Jorj Floydning oilasining advokati), AQSh gimnastikachisi Sunisa Li, Yevropa Komissiyasi raisining o‘rinbosari Frans Timmermans ham bor.

“Titanlar”

Foto: Times

Ushbu kategoriyada 19 karra jahon chempioni va to‘rt karra Olimpiya chempioni amerikalik gimnastikachi Simona Baylz, Apple korporatsiyasi bosh direktori Tim Kuk, “Minari” (2020) filmi bilan mashhur Janubiy Koreya aktrisasi Yun Yo Djon, Amerika futboli yulduzi Tom Bredi va boshqalar bor.

“San'atkorlar”

Foto: Times

Jurnalning san’at sohasidagi eng nufuzli kishilari ro‘yxatiga amerikalik aktrisa Keyt Uinslet, eng yaxshi film uchun Oskar mukofotini olgan rejissyor Xloya Chjao, reper Lil Nas X, yozuvchi Nora K. Jemisin, aktrisa Skarlett Yoxansson, aktyor Omar Si va boshqalar kirgan.

“Yetakchilar”

Foto: Time

Liderlar guruhida Jahon savdo tashkiloti rahbari Ngozi Okonjo-Iveala, shuningdek AQSh prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, Xitoy prezidenti Si Szinpin, Afg‘oniston muvaqqat hukumati bosh vazirining o‘rinbosari, “Tolibon” siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Isroil bosh vaziri Naftali Bennett va boshqalar o‘rin olgan.

“Innovatorlar”

Foto: Times

“Innovatorlar” toifasidagi eng nufuzli odamlardan biri — Amerikaning Nvidia kompaniyasi bosh direktori Jensen Xuang bo‘ldi. Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask, venger biokimyogari Katalin Kariko, Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari direktori Jon Nkengasong va Ethereum kriptovalyutasini yaratuvchisi Vitalik Buterin ham shu toifaga kirgan.