15 sentabr kuni O‘zbekistonda 619 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 166 644 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 159 444 (+1067) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1175 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, chorshanba kuni 142 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 25 823 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 210 nafarga yetdi.