Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiya bilan kechgan o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. 15 sentabr kuni Litvada bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:4 hisob bilan yakunlandi.

O‘yinning 10-daqiqasida asli braziliyalik bo‘lgan Rossiya terma jamoasi futbolchisi Robino hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Artyom Niyazov hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim shu natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni esa O‘zbekiston terma jamoasi faollik bilan boshladi. Bahsning 21-daqiqasida Davron Choriyev hisobni qisqartirdi — 1:2. O‘yinning 27-daqiqasida hisob tenglashdi — Mashrab Odilov gol urib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. 34-daqiqada O‘zbekiston ikkita gol o‘tkazib yubordi. Artyom Niyazovning urgan gollari hisobni 2:4 ga o‘zgartirdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 2-turdan so‘ng ochkosiz holda 4-o‘rinni band etib turibdi. “B” guruh ikkinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Misr terma jamoasi bilan uchrashadi. O‘yin 18 sentabrda bo‘lib o‘tadi.