14 sentabr kuni O‘zbekistonda 604 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 166 025 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 158 377 (+618) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1169 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, seshanba kuni 110 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 25 681 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 208 nafarga yetdi.