1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi kupyurani sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Fuqaro F.N. va I.P.lar oldindan til biriktirib, firibgarlik va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan 1988 yilda ishlab chiqarilgan 1 mln AQSh dollari ko‘rinishidagi yaxlit kupyurani fuqaro U. ga 40 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.