13 sentabr kuni O‘zbekistonda 531 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 165 421 nafarga yetdi.

Koronavirus kasalligi aniqlanishining kunlik ko‘rsatkichi 5 avgustdan beri pasaymoqda. Hozirgacha eng yuqori ko‘rsatkich — 974 tani tashkil etgan. 15 avgustdan boshlab bu ko‘rsatkich 900 dan pasaydi, shuningdek, 29 avgustdan 800 dan, 2 sentabrdan 700 dan va 11 sentabrdan — 600 dan pasaya boshladi (barcha statistika).

O‘tgan bir kun ichida Toshkent shahrida 214, Toshkent viloyatida — 93, Farg‘onada — 55, Samarqandda — 41 kishida koronavirus aniqlandi.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1164 nafarni tashkil qildi.


Pnevmoniya bilan kasallanish holatlari ham pasayishda davom etmoqda — avgust o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 500 atrofida edi. 13 sentabr kuni 93 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 25 571 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 206 nafarga yetdi.