Toshkent viloyati Piskent tumani IIB YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘yicha inspektori Dilmurod O‘rmonov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda olgan tan jarohati natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.

11 sentabr kuni Toshkent viloyatida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbir davomida Piskent tumani hududida xizmat burchini bajarayotgan YPX inspektori serjant, 1991 yilda tug‘ilgan Dilmurod O‘rmonov haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh. A. (mastlik holatida) boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasiga to‘xtash ishorasini beradi. Haydovchi esa IIO xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan va uni urib yuborib YTH sodir etadi.

Natijada, ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay serjant Dilmurod O‘rmonov olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada 14 sentabr kuni vafot etdi.