Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2021 yilning 8 oyi ichida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi Vatanga qaytarildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu davr ichida 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarildi.

Agentlik tomonidan 4 ming 150 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilgan, 219 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirilgan va og‘ir tan jarohati olgan 11 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 7 ming 25 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 262 ming 161 — nafariga maslahat xizmatlari, 4 ming 853 nafariga ijtimoiy yordam, 8 ming 268 nafariga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 692,7 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgan, deyiladi xabarda.