11 sentabr kuni O‘zbekistonda 594 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 164 364 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 156 495 (+585) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1153 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, shanba kuni 122 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 25 382 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 204 nafarga yetdi.