9 sentabr kuni O‘zbekistonda 687 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 163 108 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 155 114 (+740) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1142 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, payshanba kuni 159 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 25 115 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 200 nafarga yetdi.