8 sentabr kuni O‘zbekistonda 653 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 162 421 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 154 374 (+723) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1137 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, chorshanba kuni 135 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 24 956 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 198 nafarga yetdi.